AsosiyJinoyat

Toshkentda o`z uyida qurol yasayotgan shaxs aniqlandi

'Toshkentda o`z uyida qurol yasayotgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

17 noyabr kuni olib borilgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davomida IIV, DXX va Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari muqaddam sudlangan 48 yoshli Arsen o`z uyida qurol yasash bilan shug`ullanishini aniqladilar. Bu haqda poytaxt IIBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur shaxsning yashash joyi tekshirilganda u erdan revolver va to`pponcha topilib, ballistika ekspertizasiga yo`naltirildi. Ekspertizaning xulosasiga ko`ra fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

"Fuqarolardan ushbu xatti-harakat uchun O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasida (“Qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish”) javobgarlik ko`zda tutilganligiga e`tibor qaratishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar