"O`zbekiston 24" telekanalining "Fakt 24" ko`rsatuvida O`zbekistonda jamoat transportida yo`lovchilar uchun yaratilgan yana bir qulaylik haqida xabar berildi.
Unga ko`ra, FacePay texnologiyasi metroning «Buyuk Ipak yo`li» bekatida sinovdan o`tkazilmoqda. Chipta xarid qilmay metro kirish imkonidan foydalanish uchun yo`lovchi o`z yuzini skanerlashi va uni transport yoki bank kartasi ma`lumotlari bilan birga ma`lumotlar bazasiga kiritishi lozim bo`ladi. Shundan so`ng yo`lovchi shunchaki validatorga qarab yo`l haqi uchun to`lov qilishi mumkin.
Eslatib o`tish joizki, joriy yilda yo`lovchilarning yaxshigina qulayliklar yaratilgan edi. Jumladan, UZCARD, HUMO, VISA, MasterCard, UPI, MIR kontaktsiz bank kartalari orqali to`lov amalga oshirish tizimi joriy etildi. Shuningdek, NFC to`lov funksiyasi joriy etildi va Android va IOS uchun ATTO mobil ilovasi ishga tushirilgan.
Videolavhada ma`lum qilinishicha, Guliston va Qarshi shahrida ham naqd pulsiz to`lov tizimi joriy etilgan. 2022 yilda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Farg`ona va Namanganda yo`l haqini yig`ishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni rejalashtirilmoqda.





