AsosiyJamiyat

Sergelida “Matiz” haydovchisi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi

'Sergelida “Matiz” haydovchisi urib yuborgan piyoda shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 24-noyabr kuni taxminan soat 00:40 da Sergeli tumani Toshkent xalqa avtomobil yo`lida “Matiz” avtomobilini ishonchnoma asosida boshqargan 1998 yilda tug`ilgan D.I. yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

YTH natijasida piyoda – 1982 yilda tug`ilgan K.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazildi, ammo shifokorlarning sa`y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko`z yumdi. Marhumning yaqinlariga ta`ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar