Toshkent viloyatida o`tkazilayotgan “Xavfsiz tun”, “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va jinoyatlarni fosh etish bo`yicha kompleks chora tadbirlar belgilab olingan. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, kecha 23-noyabr kuni O`rta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv bo`limi tezkor xodimlari tomonidan bir yildan buyon qidiruvda bo`lgan shaxs qo`lga olindi.
1993-yilda tug`ilgan Sh.Sh. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi “v,d,j,n,o,p” bandlarida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. U 2020-yilning sentyabr oyidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo`lgan.
Ushlangan vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga bo`ysunmay, faol qarshilik ko`rsatgan.
Hozirda qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta`minlanib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatildi.