AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxslar aniqlandi

'Toshkent viloyatida YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatida o`tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri doirasida YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxslar aniqlandi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati ma`lum qilishicha, joriy yilning 23 noyabr kuni Zangiota tumani “Nazarbek” mahalla fuqorolar yig`inida xizmat olib borayotgan YPX inspektori Sh.Mahamatov qoidabuzarlik sodir etgan piyodani to`xtatgan. Elektron tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, 1970 yilda tug`ilgan Sh.N.ga nisbatan 2019 yil 1 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB tomonidan qidiruv e`lon qilingani aniqlangan. Qonunbuzar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 122-moddasi (Voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash) jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurgani ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, Oqqo`rg`on tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori S.Jumaev piyoda I.Sh.ni qoidabuzarlik sodir etgani uchun to`xtatib, elektron tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida u ham qidiruvda ekanligini aniqladi. Tuman IIB tomonidan olib borilgan surishtiruvga ko`ra, hududda yashovchi ushbu shaxsga O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruv e`lon qilinib, 2019 yildan buyon voyaga etmagan bolalari uchun aliment to`lamasdan, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirinib yurgani ma`lum bo`ldi.

Yana bir holatda YPX inspektori M.Usmonov Yangiyo`l shahrida xizmat olib borayotgan vaqtida qoidabuzarlik sodir etgan piyodani to`xtatgan. Holat bo`yicha elektron tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish davomida mazkur fuqaroga ham Jinoyat ishlari bo`yicha Yangiyo`l shahar sudi tomonidan qidiruv e`lon qilingani aniqlangan. Surishtiruvlarga ko`ra, mazkur shaharda yashovchi 1968 yilda tug`ilgan K.N. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) da ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurgani aniqlangan.

Ushlangan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta`minlash maqsadida ular hududiy IIBga olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar