AsosiySport

Globe Soccer Awardsning «yil futbolchisi» sovriniga da`vogarlar ro`yxati e`lon qilindi

'Globe Soccer Awardsning «yil futbolchisi» sovriniga da`vogarlar ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

Yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlab, e`lon qilib borayotgan Globe Soccer Awards bu safar ham o`z talqiniga ko`ra sovrin uchun nomzod o`yinchilar ro`yxatini tuzdi.

Sovrin uchun da`vogarlar ro`yxatida Janluiji Donnarumma, Markinos, Neymar, Killian Mbappe, Marko Verratti, Lionel Messi (barchasi – «PSJ»), Sesar Aspilikueta, Jorjino, Ngolo Kante, Romelu Lukaku (barchasi – «Chelsi»), Yozua Kimmix, Tomas Myuller, Robert Levandovski (uchalasi – «Bavariya»), Brunu Fernandesh, Krishtianu Ronaldu (ikkisi – «MYu»), Kevin de Bryuyne, Ruben Diash (ikkisi – «Man Siti»), Karim Benzema («Real»), Federiko Keza («Yuventus»), Erling Holand («Borussiya» Dortmund), Harri Keyn («Tottenhem») va Muhammad Saloh («Liverpul») singari o`yinchilar joy olgan.

G`olib Globe Soccer Award so`rovnomasi orqali aniqlanadi. Hozircha ovoz berish jarayonida 32% foiz ovoz bilan Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda.

Ma`lumot uchun, Ronaldu Globe Soccer Awards talqiniga ko`ra, rekord – 6 marta ushbu sovringa ega chiqqan.

    Boshqa yangiliklar