AsosiyJamiyat
3307

Shavkat Mirziyoev Pokiston Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Pokiston Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 noyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Bosh vazir Imron Xonni tavallud kuni bilan chin dildan qutlab, unga mustahkam sog`lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, do`st Pokiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbat chog`ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko`rib chiqildi.

Muloqotlar faollashgani, ikki tomonlama tovar ayirboshlash ko`rsatkichlari sezilarli darajada o`sgani va ishbilarmonlar o`rtasidagi kooperasiya kuchaygani mamnuniyat bilan qayd etildi. Qishloq xo`jaligi mashinasozligi, farmasevtika va kimyo sanoati, to`qimachilik va qurilish materiallari tarmoqlari, boshqa sohalardagi investisiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Etakchilar mintaqada yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Bo`lajak uchrashuvlar rejasi ham ko`rib chiqildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar