AsosiySport

Kamondan otish sporti turi bo`yicha Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi nechanchi o`rinni egalladi?

'Kamondan otish sporti turi bo`yicha Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi nechanchi o`rinni egalladi?'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 11 noyabridan 21 noyabr kuniga qadar, Bangladesh Respublikasining Dakka shahrida Kamondan otish sport turi bo`yicha Osiyo chempionati musobaqasi bo`lib o`tdi.

Musobaqada Osiyoning 16 davlatidan saralangan sportchilar g`oliblik uchun o`zaro kuch sinashdi.

Chempionatning ilk kunida hamyurtimiz Sodiqov Amirxon merganlik mahoratini namoyish etib, xalqaro toifadagi sport ustasi me`yorini bajarib, 656 ball to`plagani quvonarlidir. Ta`kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda 6 nafar sportchimiz xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga ega.

Shuningdek, terma jamoamiz, Olimpiya turlari, erkaklar va ayollar o`rtasida jamoaviy bellashuv hamda miks turlarida (aralash jamoalar) ham ajoyib natijalarga erishdi. Qizg`in va murosasiz kechgan bellashuvlarda sportchilarimiz umumjamoa hisobida 16 ta davlat orasida faxrli 4-o`rinni qo`lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar