Poytaxtdagi “Saxovat sport serviz” majmuasida suvga sakrash bo`yicha mamlakat kubogi bahslariga start berildi.
Mazkur musobaqada Toshkent shahri va viloyati, shuningdek, Jizzax, Namangan, Andijon, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan jami 86 nafar sportchi sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishmoqda. Musobaqaning birinchi kuni bir metr balandlikdan sakrash bo`yicha yakkalik va juftlik bellashuvlari bo`lib o`tdi. G`olib va sovrindorlar quyidagi ko`rinishni tashkil etdi:
Juftlik, yollar:
1. Lobarxon Nasrullaeva / Humoyuna Risqieva (Toshkent shahri)
2. So`g`diyona Hamroeva / Polina Vitman (Namangan)
3. Lobar Ikromova / Anastasiya Vasileva (Jizzax)
Juftlik, erkaklar:
1. Azizjon Alisherov / Abdulloh Bahodirov (Toshkent)
2. Amal Mavlonov / Shodiyor Abdusalomov (Samarqand)
3. Abduvahob Vahobov / Abdulboriy Yo`ldoshev (Andijon)
Yakkalik, erkaklar:
1. Egor Mishenev (ROSMM)
2. Isfandiyor G`ofurov (ROSMM)
3. Vadim Isxoqov (Toshkent viloyati)
Yakkalik, ayollar:
1. Mohichehra Mirzalieva (Toshkent viloyati)
2. Rayhona Abduraimova (Toshkent shahri)
3. Aziza To`rava (Jizzax)






