Markaziy Osiyo MMA Konfederasiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi vise prezidenti Otabek Umarov va uning turmush o`rtog`i, prezident Shavkat Mirziyoevning kichik qizi Shahnoza Mirziyoeva Dubaydagi Ekspo ko`rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Umarov o`zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali ma`lum qildi.
"EXPO tarixida ilk marotaba O`zbekiston paviloni bizning mutaxassislarimiz tomonidan boshidan oxirigacha barpo etildi. Buxoro, Samarqand va Xiva timsoli bo`lgan uchta elliptik bino, shuningdek, an`anaviy qirrali arkli LED-portal takrorlanmas va o`ziga xos tasvirni yaratadi. Uydan minglab kilometr uzoqlikda bo`la turib, global ko`rgazmaga tashrif buyurib Vatanning bir parchasiga teginish – hayratga soluvchi tuyg`udir. U erda suyukli insoningiz bilan birga bo`lish esa – unutilmas hodisa", - deya yozib qoldirgan Otabek Umrov.
Shuningdek, sahifada oilaviy juftlikning suratlari ham e`lon qilingan.










