AsosiyJamiyat

Farg`onada fuqaroni 7 ming dollarga chuv tushirgan "usta" ushlandi

'Farg`onada fuqaroni 7 ming dollarga chuv tushirgan "usta" ushlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Quvasoy shahrida 2018 yil bahor oylarida M.I tanishi S.A.ning ishonchiga kirib xonadoni uchun «Akfa» eshik-romlari yasab berishini aytgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi

Ma`lum bo`lishicha, M.I undan jami 7.000 AQSh dollari pullarini olib ketib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan dollarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Boshqa yangiliklar