«Milan» bosh murabbiy Stefano Pioli bilan shartnoma muddatini uzaytirganini rasman e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
56 yoshli mutaxassisi 2023 yilning yoziga qadar mo`jallangan shartnomaga imzo chekdi. Yangilangan shartnomaga ko`ra, Pioli yiliga 3,5 million evro maosh oladi.
Ma`lumot uchun, Pioli 2019 yildan buyon «Milan» klubini boshqarib kelmoqda. Natijalarga qarab, klub Stefano bilan shartnoma muddatini uzaytirishi mumkin.






