Rossiya 28-noyabrdan boshlab Gonkong va Afrika mamlakatlaridan kirishni cheklaydi. Bu haqda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo`yicha tezkor shtabda ma`lum qilindi, deya yozadi RIA Novosti.
"Janubiy Afrika va boshqa bir qator mamlakatlarda SARS-CoV-2ning yangi shtammi topildi. Bu variantning o`ziga xos xususiyati shundaki, unda ko`p sonli mutasiyalar mavjud. Ma`lumotlarga ko`ra, S-protein geni uning yanada yuqumli bo`lishiga olib kelishi mumkin, shuningdek, bu antikorlar samaradorligini pasayishiga ta`sir qiladi ", - deyiladi xabarda.
Shu sababli, 28 noyabrdan boshlab Janubiy Afrika Respublikasi, Bosvana Respublikasi, Lesoto Qirolligi, Namibiya , Zimbabve , Mozambik va Madagaskarda istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari Rossiyaga kira olishmaydi.
"Koronavirus yangi shtammining paydo bo`lishi bilan bog`liq vaziyat sinchikovlik bilan o`rganilmoqda, yakuniy xulosalar chiqarishga hali erta",-deya qo`shimcha qiladi tezkor shtab.