AsosiyJamiyat

​​O`zbekistonda 5 milliondan ortiq o`quvchiga mo`ljallangan maktablarda 6,2 mln o`quvchi ta`lim olmoqda — XTV

'​​O`zbekistonda 5 milliondan ortiq o`quvchiga mo`ljallangan maktablarda 6,2 mln o`quvchi ta`lim olmoqda — XTV'ning rasmi

AOKAda 27 noyabr kuni Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ishtirokida O`zbekistonda maktablar etishmovchiligi mavzusida brifing bo`lib o`tdi. 

Co`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda maktab etishmovchiligi mavzusi turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Bugungi kunda ushbu masalani hal etish uchun davlatimiz tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda?

 2018-2021 yillar davomida yurtimizda olib borilgan maktablarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan sa`y-harakatlar natijasida maktablarida qo`shimcha yangi 474,5 ming o`quvchi o`rinlari yaratildi. Shundan 58,7 ming o`quvchi o`rni yangidan barpo etilgan 156 ta maktabda hamda navbatlilik koeffisenti yuqori bo`lgan mavjud 1511 ta umumta`lim maktablariga qo`shimcha o`quv binolari barpo etilishi natijasida 371,4 ming o`quvchi o`rni yaratilishiga erishildi. Yuqorida tilgan olingan qariyb yarim million o`quvchi o`rnini yaratishga davlat byudjeti mablag`lari hisobidan 5 trln.so`mdan ortiq mablag` ajratilgan. Bundan tashqari maktablar 11 yillik ta`lim tizimiga o`tishi munosabati bilan bo`shab qolgan 383 ta kasb-hunar kollejlari maktablarga aylantirilishi hisobidan 221 ming qo`shimcha o`quvchi o`rni yaratildi. Ushbu yangi o`quv o`rinlarining yaratilishi navbatlilik koeffisenti oshib ketgan maktablardagi holatni me`yor darajasiga olib tushishga va ta`lim olishga munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan.

      Shu o`rinda Hukumat tomonidan tasdiqlangan tegishli hujjatga ko`ra, 2022 yilda Respublika bo`yicha jami 306 ta umumta`lim maktablarida, shundan 15 176 o`quvchi o`rniga mo`ljallangan 37 ta maktablarni yangidan qurish, 71 819 o`quvchi o`rniga mo`ljallangan 180 ta maktabni rekonstruksiya qilish va mavjud 89 tasini mukammal ta`mirlanishi belgilangan edi.

      Hukumatning tegishli topshirig`iga ko`ra, hududlardagi holatni manzilli o`rganish maqsadida turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tashkil etilib va ular tomonidan bugungi kunda Respublikaning barcha hududlarda mavjud talablar o`rganilmoqda.

      O`z o`rnida xalq ta`limi vaziri rahbarligida xam hududlarga chiqqan holda eng avvalo yangi barpo etilayotgan uy-joy massivlari hududida yangi maktab binolarini barpo etish, quvvatiga nisbatan o`quvchilar soni keskin oshib ketishi kutilayotgan maktablarga qo`shimcha o`quv binolarini qurish hamda ta`mirtalab maktablarni ta`mirlash bo`yicha 2022-2026 yillarga mo`ljallangan manzilli dasturni shakillantirish bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

      Jumladan, kuni kecha Xalq ta`limi vaziri tomonidan Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi maktablardagi mavjud holat o`rganildi. Xususan Qarshi, Koson, Kasbi tumanlari va Qarshi shahridagi maktablar hamda Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyi, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Bulung`ur va Jomboy tumani maktablaridagi mavjud holatlarni o`rganish natijasida kelgusi 5 yilgi Investisiya dasturi manzilli ro`yxatlariga kiritildi.

      Misol uchun, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tanqid ostiga olingan Qarshi tumanidagi 68-umumta`lim maktabiga qo`shimcha 330 o`rinli o`quv binosini qurish kelgusi yilgi Investisiya dasturiga kiritildi.

      Bugungi kunda respublikada 5 mln.dan ortiq o`quvchi o`rniga mo`ljallangan 10 130 ta maktablarda 6 mln. 246 mingdan ortiq o`quvchilar ta`lim olmoqda.

      Vazirlik prognozlarga ko`ra kelgusi 5 yillikda maktab o`quvchilarining kutilayotgan soni 7,5 mlnga etishi kutilmoqda.

      Maktablardagi o`quvchi quvvati etishmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammoni oldini olish maqsadida eng avvalo, kelgusi besh yillikda hududlarda yangi barpo etiladigan uy-joy massivlarida yangi maktablar qurilishini, quvvatiga nisbatan o`quvchilar soni ko`payib ketgan  va kelgusida o`quvchilar soni keskin o`sishi kutilayotgan maktablarga qo`shimcha o`quv binolarini qurishni (hududdagi maktab yoshidagi bolalar sonini demografik o`sishini hisobga olgan holda), shuningdek, maktab filiallarini to`laqonli maktablarga aylantirish ishlarini jadallashtirishni talab etadi.

      Ishchi guruhlar tomonidan o`rganishlar yakuni bo`yicha shakllantirilgan dastlabki 2022-2026 yillarga mo`ljallangan umumta`lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, bunda o`quv binosi qurishda zarur bo`lgan 1,2 mln. o`quvchi o`rnini ham inobatga olish hamda mavjud maktablarni mukammal ta`mirlash bo`yicha manzilli dasturlar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan umumlashtirilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar