Koronavirusning yangi shtammi aniqlangani sababli Nyu-York gubernatori Xeti Xochul favqulodda vaziyat rejimini e`lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
“Men, Keti Xochul, Nyu-York shtati gubernatori. Konstitusiya va shtat qonunlarida berilgan vakolatlardan keliyu chiqib 2022 yil 15 yanvargacha butun Nyu-Yorkda favqulodda vaziyat rejimini e`lon qilaman”, - dedi gubernator.
Ma`lumot uchun, pandemiya boshlanganidan buyon Nyu-York 2,7 million kishi kasallikga chalingan, 57 mingdan ziyod kishi vafot etgan.