Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po`lat Bobojonov boshchiligidagi IIV ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-tumanlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish hamda ichki ishlar organlarining quyi tizimlariga amaliy yordam ko`rsatish maqsadida o`z o`rganishlarini olib bormoqda.
O`rganishlarda xizmat faoliyatida jiddiy kamchilikka yo`l qo`ygan 33 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilandi,
3 nafar xodimlar ichki ishlar organlaridan bo`shatildi, 11 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shu bilan birga, o`z xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshgan, namunali xizmat qilib, hamkasblariga o`rnak bo`layotgan 11 nafar xodimlar rag`batlantirildi.
Viloyat IIBdagi bo`sh bo`lgan yigirmadan ortiq lavozimlar ko`p yillik tajribaga ega, yuqori malakali nomzodlar bilan to`ldirildi.
Yig`ilish davomida jamoat xavfsizligini ta`minlash borasidagi faoliyatni bosqichma-bosqich to`liq raqamlashtirish va “qizil” hududlarni (og`ir mahallalar, bozorlar, tirband ko`chalar) zamonaviy videokameralarning nazoratiga olish ko`lamini kengaytirish, bunda, Qarshi shahrida yangi barpo etilgan “Situasion markaz”ga qo`shimcha ravishda videokuzatuv moslamalarini integrasiya qilish orqali vaziyatni “onlayn” kuzatish va kuch-vositalarni masofadan turib boshqarish tizimini joriy etish, har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratish borasida barcha profilaktika inspektorlarining an`anaviy kunlik xizmat faoliyatini