AsosiySport

"Navbahor" uch nafar futbolchisi bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

'"Navbahor" uch nafar futbolchisi bilan shartnoma muddatini uzaytirdi'ning rasmi

Coca-Cola Superligada navbatdagi mavsum yakunlandi va “Navbahor” PFK yangi mavsum taraddudini hozirdanoq boshlab yubordi. Kelgusi mavsumga yangi bosh murabbiy – Samvel Babayan boshchiligida kirishadigan jamoamiz o`z rejalarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishdi.

Xususan, joriy yilgi mavsumda o`zlarining ajoyib o`yinlari bilan “Navbahor” jamoasi g`alabalariga munosib hissa qo`shgan, O`zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar – darvozabon O`tkir Yusupov hamda himoyachi Davronbek Hoshimov, shuningdek, 2021 yilgi mavsum ikkinchi davrasida “lochinlar” safiga qo`shilgan serbiyalik himoyachi Boyan Siger keyingi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qiladigan bo`lishdi. Ushbu futbolchilar bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.

Boshqa yangiliklar