1

“Shum bola” bolalar va yoshlar kinofestivali boshlandi

Jamiyat 29.04.2016, 10:04
Teglar: Festival
“Shum bola” bolalar va yoshlar kinofestivali boshlandi

Avval xabar berganimizdek, “O`zbekkino” Milliy agentligi va Gyote instituti Toshkent filialining “Shum bola” bolalar va yoshlar uchun III o`zbek va nemis kinolari festivali 28 aprel – 1 may kunlari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda, 3-5 may kunlari Farg`ona shahridagi Teatr va konsert saroyi hamda San`at kolleji zalida tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 28 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda tadbir tashkilotchilari va mehmonlar ishtirokida festivalning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Festivalda germaniyalik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy mahsulotlar bilan bir qatorda o`zbek kinematografchilarining ham ijod mahsullari namoyish etiladi.

Kinofestival doirasidagi barcha namoyishlar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo`lib o`tadi. Namoyishlarga kirish bepul. Nemis tilidagi filmlar ruscha titrlar bilan ko`rsatiladi.

Sharhlar

Turkiya kinofestivalida o`zbek kinoijodkorlari munosib kutib olindi

10.11.2021, 18:56

Turkiyada bo`lib o`tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida taniqli kinoijodkorlardan iborat o`zbek delegasiyasi ham ishtirok etmoqda. Festivalning ilk kuni o`zbek kinoijodkorlari tantanali kutib olinib, mehmonlar xalqaro...
AQShdagi musiqa festivalida 8 kishi halok bo`ldi

06.11.2021, 20:21

AQShning Texas shtatidagi Astroworld musiqa festivalida tiqilinch holat tufayli favqulodda holat yuzaga keldi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Qayd etilishicha, Xyuston shahrida bo`lib o`tgan yirik konsertda...
​“Yuksak ma`naviyatli avlod” yoshlar festivalining Toshkent viloyati bosqichi bo`lib o`tdi

25.05.2017, 14:20

Qibray tumanidagi Do`rmon madaniyat saroyida “Yuksak ma`naviyatli avlod” nomli yoshlar festivalining Toshkent viloyati bosqichi bo`lib o`tdi. Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi viloyat bo`limi, viloyat hokimligi, viloyat...
​Kann festivalining eng nazokatli libos egalari (Foto)

18.05.2017, 14:49

17 may kuni Fransiyada Kann kinofestivali muvaffaqiyatli ravishda ochildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Kann kinofestivalining qizil yo`lakchasidan kinoyulduzlar nafis va nazokatli liboslarda o`tishdi. Etmishinchi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1