29 noyabr kuni soat 16:30 larda Samarqand viloyati, Pastdarg`om tumanida katta miqdordagi pirotexnika vositalari yashiringan avtomobil aniqlangan. Bu haqda YHXB ma`lum qildi.
Tuman hududidan o`tuvchi 4R-46 avtomobil yo`lining 7-kilometrida YPX xodimlari Sh.Kazakov va O.Ergashevlar tomonidan "Malibu" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, yukxonasida 3000 quti pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan vositalar tuman IIBga topshirilgan.