Turkiyaning Marmar dengizi bo`yi hududlariga kuchli bo`ron yopirilishi oqibatida kamida uch kishi halok bo`ldi. Bu haqda Hurriyat xabar berdi.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat oqibatida kamida 10 kishi jarohat olgan. Shamol ta`sirida uylarning tom qismlari, soatli minorani qulashi aks etgan videolar tarqalgan.
Mamlakat meteorologik xizmati xabariga ko`ra, shamol kuchi 130 km/soatgacha etgan.