30 noyabr-1 dekabr kunlari zoom platformasi orqali Osiyo paralimpiya qo`mitasining Bosh assambleyasi o`tkazilmoqda.
Assambleyada qit`amizning 45 ta mamlakatidan Paralimpiya qo`mitalari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, Assambleyaning bugungi ish kunida O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev delegasiya a`zolari tomonidan bir ovozdan Osiyo paralimpiya qo`mitasi vise-prezidenti lavozimiga saylandi.
Shu tariqa, O`zbekiston vakili ilk marotaba Osiyo paralimpiya qo`mitasi vise-prezidenti lavozimiga munosib ko`rildi.






