AsosiyJamiyat

"Chinor" YPX maskanida noqonuniy tamaki va pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchilar aniqlandi

'"Chinor" YPX maskanida noqonuniy tamaki va pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchilar aniqlandi'ning rasmi

Joriy yilning 29 noyabr kuni soat 13:00 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan, vodiy yo`nalishidan Toshkent shahar tomon harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1984 yilda tug`ilgan R.A. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobili to`htatilib tekshirilganda, yukxonasida umumiy 17280 dona “Solovey-razboynik” nomli pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, kun davomida Farg`ona viloyatidan kelayotgan 2 ta “Lacetti" va “Cobalt” rusumli avtomobillar to`htatilib tekshirilganda, avtomobillarning saloni va yukxonalaridan bir necha turdagi 10 mingdan ortiq quti sigaretlar noqonuniy ravishda olib ketilayotgnaligi aniqlangan.

Mazkur holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, fuqarolar va aniqlangan vositalar Ohangaron tuman IIBga topshirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar