Klublar o`rtasidagi jahon chempionati bahslari uchun qur`a tashlandi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.
Tashkilot esa musobaqaning yangi sanasini ma`lum qildi. Unga ko`ra, turnir 2022 yilning 3-12 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o`tkaziladi.
Musobaqada “Al Jazira” (BAA), “Oklend Siti” (Yangi Zelandiya), “Al-Ahli” (Misr), “Monterrey” (Meksika), “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Palmeras” (Braziliya) va “Chelsi” (Angliya) jamoalari ishtirok etadi.






