Joriy yilning 28 noyabr kuni Senat Raisi T.Narbaeva boshchiligidagi delegasiya Madridda bo`lishdi.
Tashrif davomida Parlamentlararo Ittifoq 143-Asambleyasi bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Senat matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Parlament Ittifoq (PI) bosh kotibi O`zbekistonda Prezident saylovi muvaffaqiyatli o`tgani bilan tabriklagan.
Shuningdek, O`zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo`lida so`zsiz etakchiligi alohida qayd etildi. Shu ma`noda 2021 yil 17-18 iyun kunlari o`tkazilgan parlament a`zolarining BRMga erishishdagi roliga bag`ishlangan Buxoro forumining yakunlari ijobiy baholangan.
Oliy Majlisning davlat organlari bilan birgalikdagi faoliyati, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta`minlash borasidagi yuksak natijalar alohida ta`kidlab o`tilgan.
Tomonlar 2022 yil sentyabr oyida O`zbekistonda Parlament ayol- spikerlari forumini yuksak mazmunli va tashkiliy saviyada o`tkazishga kelishib olishgan.
Parlamentlararo Ittifoq doirasida yangi loyihalarni boshlash masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda O`zbekiston va (PI) o`rtasidagi hamkorlikka oid boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.