Yangiyo`l tumanida YPX xodimlari tomonidan qo`p miqdorda pirotexnika vositalari olib ketatyotgan avtomobil to`xtatildi. Bu haqda YHXB Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, kecha, 30 noyabr kuni soat 16:40 larda Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani, A.Ortiqov ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan haydovchi A.A. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobili to`xtatilib tekshirilganda, yukxonasida 24 dona "9D" nomli, 168 dona "Volk" nomli, 8640 dona "Solevoy razboynik" nomli va 138 dona "Zolotoy pesok" nomli, jami 8 970 dona pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.A. va aniqlangan vositalar Yangiyo`l tumani IIBga topshirilgan.