AsosiyDunyo

Twitter maxfiylik siyosatiga o`zgartirish kiritdi

'Twitter maxfiylik siyosatiga o`zgartirish kiritdi'ning rasmi

Twitter o`zining foydalanuvchilariga boshqa odamlarning suratlari va videolarini ularning ruxsatisiz joylashtirishni ta`qiqlab, maxfiylik siyosatiga jiddiy o`zgartirish kiritdi. Bu band maxfiylik siyosati buzilishi ro`yxatiga qo`shildi.

Twitter allaqachon doksingga qarshi choralar ko`rmoqda - ta`qib qilish maqsadida shaxs haqidagi maxfiy ma`lumotlarni ularning roziligisiz qidirish va nashr etish ta`qiqlanadi. Bunga manzillar, aloqa ma`lumotlari va hatto moliyaviy hujjatlar ham kiradi.

Ta`kidlanishicha, mazkur yangi chora "ommaviy axborot vositalarini suiiste`mol qilish"dan zarar ko`rganlarni himoya qilishga qaratilgan. 

Eslatib o`tamiz, qoida siyosatchilar yoki taniqli shaxslarga - omma e`tiboridagi odamlarga taalluqli bo`lmaydi. Ta`qib qilish, yoki qo`rqitish uchun mo`ljallangan tvitlar esa bundan mustasno.

Norozilik namoyishlari yoki sport o`yinlari kabi ommaviy tadbirlarda qatnashayotgan odamlarning suratlari yoki videolarini joylash ham yangi siyosatga taalluqli bo`lmaydi.

Boshqa yangiliklar