AsosiySport

Ibragimovich “Milan” bilan yangi shartnoma imzolaydimi?

'Ibragimovich “Milan” bilan yangi shartnoma imzolaydimi?'ning rasmi

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoadagi kelajagi borasida o`z fikrlarini bildirib o`tdi. 

“Pioli shartnomasini uzaytirganidan xursandman. U bunga loyiq. U jamoada ajoyib ishlamoqda. Demak, men ham shartnoma muddatini uzaytirishim kerak. Navbat menga keldi”, - deya Ibragimovich so`zlaridan keltirmoqda Football Italia nashri

Eslatib o`tamiz, 40 yoshli shvesiyalik hujumchining “Milan” bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo`jallangan. O`z navbatida “rossonerilar” ham Zlatan bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar