AsosiyJamiyat
3772

Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti bilan telefon orqali so`zlashdi

'Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti bilan telefon orqali so`zlashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid ol Maktum bilan telefon orqali so`zlashdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Suhbat avvalida O`zbekiston etakchisi Amirliklar Vise-prezidentini qutlug` bayram - ushbu mamlakat tashkil topganining 50 yilligi bilan muborakbod etib, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

BAA ijtimoiy-iqtisodiy, innovasion va gumanitar taraqqiyotning barcha soha va yo`nalishlarida katta yutuqlarga erishayotgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani alohida ta`kidlandi. Bularning barchasi Dubayda muvaffaqiyatli o`tkazilayotgan EXPO butunjahon ko`rgazmasi tadbirlarida ham o`z tasdig`ini topmoqda.

O`zbekiston Prezidenti va Amirliklar Vise-prezidenti har doimgidek yaqin va do`stona ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash hamda ko`p qirrali sheriklikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investisiya sohalarida kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanini qayd etdilar.

Yuqori texnologiyalar va innovasiyalar, “yashil” energetika, savdo va logistika, shuningdek, intellektual salohiyatni ro`yobga chiqarish sohalarida istiqbolli qo`shma loyihalarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Faol muloqotni davom ettirish va barcha yo`nalishlarda keng ko`lamli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Telefon orqali muloqot ochiq, do`stona va ishonchli ruhda o`tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar