“Napoli” bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya futbol federasiyasi tomonidan diskvalifisiya qilindi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Qayd etilishicha, Spalletti A Seriyaning 15-turida “Sassuolo”ga qarshi (2:2) bahsda hakam bilan tortishgan. Natijada, hakam Luchanoni o`yindan chetlatgandi.
Natijada, Spaletti A Seriya doirasida “Atalanta” (4 dekabr) va “Empoli” (12 dekabr) bilan bo`ladigan uchrashuvda “Napoli”ni boshqara olmaydi.