AsosiyJamiyat

Shayxontohurda sug`urta polisi mablag`larini o`zlashtirib yuborgan YaTT fosh etildi

'Shayxontohurda sug`urta polisi mablag`larini o`zlashtirib yuborgan YaTT fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, YaTT I.M. “A.” MChJ shaklidagi sug`urta kompaniyasi bilan agentlik bitimini tuzib, qat`iy hisobda turuvchi jami 1 712 dona sug`urta polislarini realizasiya qilishdan tushgan 145,3 mln so`mni MChJ hisob raqamiga o`tkazmasdan o`zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. Bu haqda  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan  jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar