AsosiySport

“Bavariya” – “Barselona” uchrashuvi muxlislarsiz o`tkaziladi

'“Bavariya” – “Barselona” uchrashuvi muxlislarsiz o`tkaziladi'ning rasmi

Evropa Chempionlar Ligasi 6-turidan o`rin olgan “Bavariya” va “Barselona” jamoalari o`rtasidagi bahs muxlislarsiz o`tkaziladi. Bu haqda Sky Italia xabar berdi. 

Qayd etilishicha, koronavirus tarqalishi bilan bog`liq murakkab vaziyat tufayli shunday qarorga kelingan.  

Germaniyada koronavirus bilan bog`liq holat avj olgani tufayli chempionat o`yinlariga 15 mingdan ortiq muxlis kiritilmasligi ma`lum qilingandi. 

Eslatib o`tamiz, uchrashuv 8 dekabrdan 9 dekabrga o`tar kechasi 01:00da boshlanadi.

Boshqa yangiliklar