AsosiySport

Buxoroda kurash bo`yicha O`zbekiston kubogi musobaqalari boshlandi

'Buxoroda kurash bo`yicha O`zbekiston kubogi musobaqalari boshlandi'ning rasmi

Bugun Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejida milliy iftixorimiz bo`lmish kurash bo`yicha erkaklar va ayollar jamoalari o`rtasida O`zbekiston kubogiga start berildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan kelgan 300ga yaqin polvonlar g`oliblik uchun bellashmoqda.

Xabar berganimizdek, jamoaviy bellashuvlarda har bir jamoa tarkibida 9 nafar (5 nafar erkak, 4 nafar ayol) kurashchi joy oladi. Musobaqada erkaklar -60 kg, -66 kg, -73 kg, -90 kg va 90 kgdan yuqori vazn toifalarida bellashsa, xotin-qizlar -57 kg, -63 kg, -70 kg va 70 kgdan yuqori vazn toifalarida gilamga tushishadi. Shuningdek, bu safar O`zbekiston kubogi bellashuvlarida yakkalik bahslari ham tashkil etiladi.

Biroz avval bo`lib o`tgan musobaqaning ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi hamda O`zbekiston kurash federasiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

O`zbekiston kubogi g`oliblari ertaga ma`lum bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar