Malining Bandiagara bozori tomon ketayotgan avtobus noma`lum jangarilar tomonidan o`qqa tutildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Manbada aytilishicha, qurollangan shaxslarning avtobusning o`qqa tutishi oqibatida kamida 31 kishi halok bo`lgan. Bundan tashqari, ko`plab insonlar jarohat olgan va bedarak yo`qolgan. Avtobusda ko`plab insonlar bozorga yo`l olayotgan vaqtida sodir bo`lgan.
Ushbu voqea Mopti rayonida bo`lib o`tgan. Ushbu rayonda “Al-Qoida” va IShIDga aloqasi bor guruhlar mavjud.