Bugun, 6-dekabr O`zbekiston RespublikasiKonstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Konstitusiya – Yangi O`zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.
Mazkur tadbirda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori, yuridik fanlari doktori, professor Otaxonov Foziljon Haydarovich ishtirok etdi.
Tadbirda so`zga chiqqanlarKonstitusiyaning mazmun-mohiyatining, uning Yangi O`zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi ekanini, fuqarolarning burch va majburiyatlarini, bosh qomusimiz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizasiya qilish, ta`lim, fan, madaniyat hamda ma`naviyat rivojida muhim huquqiy asos bo`lib xizmat qilayotganligi, batafsil tushuntirdi.
Tadbir davomida Konstitusiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik-huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta`minlashdagi ahamiyati, bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma`lumot berildi.
Shuningdek, tadbirda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Ichki ishlar vazirligi vazirligi, O`zbekiston Rsepublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari, matbuot va OAV xodimlari ishtirok etdi.