“Avtomobil transportida yo`lovchi tashish yo`nalishlari bo`yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (738-son, 06.12.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan 1 martgacha yo`lovchi tashish yo`nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo`yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.
2022 yil 1 martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo
va xalqaro yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o`tkaziladi;
Transport vazirligi va uning hududiy bo`linmalari yo`nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tender tashkillashtirish bo`yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Qaror bilan tenderni o`tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi.
Nizomda tender takliflariga qo`yiladigan talablar, g`oliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.
Tasdiqlangan Nizomga muvofiq:
vakolatli organlar tenderga qo`yiladigan yo`nalishlar ro`yxatini axborot tizimiga kiritadi;
tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi;
qatnashchilardan tender bo`yicha kelib tushgan takliflar maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi va tender g`olibi aniqlanadi;
tender g`olibiga shartnoma va guvohnomalar elektron tarzda axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
2022 yil 1 iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.