Bugun Toshkentda og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati boshlandi. O`zbekitonda ilk bor o`tkazilayotgan bu musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi.
Ta`kidlanishicha, musobaqani ayollar o`rtasida -49 kg vazn toifasidagi "S" guruhi ishtirokchilari boshlab berdi. Shuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi.
Ushbu dunyo birinchiligida O`zbekistondan 14 nafar vakil ishtiro etadi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo`raev, Adham Ergashev, Kumushxon Fayzullaeva, Doston Yoqubov kabi tajribali sportchilar ham bor.
Quyida musobaqada qantashuvchilar bilan tanishing:
Ayollar
-49 kg. Zuhra Otajonova - 19:00 (8.12)
-55 kg. Jamila Panfilova - 16:00 (9.12)
-71 kg. Kumushxon Fayzullaeva - 19:00 (13.12)
-87 kg: Tursunoy Jabborova - 19:00 (16.12)
Erkaklar
-67 kg. Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov - 16:00 (10.12)
-81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov 19:00 (12.12)
-89 kg. Otaxon Imomov - 10:30 (13.12) (V guruh)
-89 kg. Sarvarbek Zafarjonov - 16:00 (13.12)
-96 kg. Hojiakbar Olimov - 08:30 (14.12) (S guruhi)
-96 kg. Qurbonmurod Namozov - 13:00 (15.12)
-109 kg. Ruslan Nurudinov va Akbar Jo`raev - 16:00 (16.12)
+109 kg: Mirhosil Mirzaboev - 08:00 (17.12) (C guruh).






