AsosiySiyosat

2022 yilda O`zbekistonning yangi Konstitusiyasi qabul qilinishi mumkin

'2022 yilda O`zbekistonning yangi Konstitusiyasi qabul qilinishi mumkin'ning rasmi

O`zbekistonning yangi Konstitusiyasi 2022 yili qabul qilinishi mumkin. Prezident Shavkat Mizieyoev bu haqda o`zining bayram tabrigida aytib o`tdi. 

Jumladan, unda shunday deyiladi:

"Darhaqiqat, bugungi shiddatli davr bizdan zamonga mos harakat va o`zgarishlarni talab etmoqda. Ana shunday talabga javob beradigan mukammal Konstitusiyaga ega bo`lish uchun Asosiy qonunimizning yangi loyihasini tayyorlashimiz, uni umumxalq muhokamasiga qo`yib, bildirilgan takliflar asosida takomillashtirish, ushbu muhim siyosiy hujjatni 2022 yil O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilish, o`ylaymanki, milliy davlatchilik an`analarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib ish bo`ladi",-deydi davlat rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar