AsosiySport

O`zbekiston vakili Osiyo voleybol konfederasiyasi Boshqaruv kengashi a`zoligiga saylandi

'O`zbekiston vakili Osiyo voleybol konfederasiyasi Boshqaruv kengashi a`zoligiga saylandi'ning rasmi

Turizm va sport vazirligining ma`lum qilishicha,  bir necha yillik tanaffusdan so`ng o`zbekistonlik voleybolchilar Osiyo maydonlariga qaytishdi.

Qayd etilishicha, jumladan, erkaklar terma jamoasi avvaliga qit`a chempionatiga saralash musobaqasida ishtirok etgan bo`lsa, keyinroq Yaponiya davlati mezbonlik qilgan Osiyo chempionatining final bosqichida ham ishtirok etdi. O`zbekiston chempioni AGMK klubi esa qit`a Chempionlari ligasi bahslarida qatnashdi.

Bundan tashqari, O`zbekistonda joriy yil davomida Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida o`tkazilgan xalqaro musobaqalar hamda xotira turnirlari natijasida Osiyo voleybol konfederasiyasining mamlakatga bo`lgan munosabati ijobiy tomonga o`zgargani aytiladi.

Natijada 2022 yil 6-13 iyun kunlari o`tkaziladigan 17 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligi Toshkentga ishonib topshirildi.

Vazirlik, shuningdek, O`zbekiston uchun yana bir quvonchli xabarni berdi.

Unga ko`ra,  O`zbekiston voleybol federasiyasi bosh kotibi Husan Erkinovich Nasrullaev Osiyo voleybol konfederasiyasi Markaziy zonasi Boshqaruv kengashi a`zoligiga saylandi.

 "Hamyurtimizni ushbu mas`uliyatli lavozimga saylangani bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida omad tilaymiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar