AsosiySport

Poytaxtda boks bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati start oldi

'Poytaxtda boks bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati start oldi'ning rasmi

Bugun, 8-dekabr kuni Toshkent shahrida boks bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida O`zbekiston chempionati boshlandi. Musobaqada 350 nafar bokschi (erkaklar 286, ayollar 64) sovrinli o`rinlar uchun kurash olib bormoqda.

Bugun soat 17:00da musobaqaning ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Qayd etish lozimki, avval xabar berganimizdek, O`zbekiston chempionatida ilk marotaba xorijdan 8 nafar neytral hakam faoliyat olib bormoqda. Eslatib o`tamiz, bahslar Taekvondo WT  assosiasiyasiga qarashli “Universal” sport saroyida o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar