O`zining ma`noli qo`shiqlari bilan 1990 yillarda xalqimizning yuragidan chuqur o`rin olgan san`atkor, ko`plab mashhur qo`shiqlar muallifi va sohir ovoz sohibi Muhammadkarim Soipov olamdan o`tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Muhammadkarim Soipov "Alamjon", "Qaydadur", "Tashna hislar", "Dutorim", "Oq bo`yra" kabi yuzlab qo`shiqlari bilan xalqimiz yodida mangu qoladi.
Marhumning oila a`zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.