pfl.uz.uz ning ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 7-oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va fransiyalik futbolchi Abdelae Diakite o`rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan. Unda ko`rsatilishicha, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.
Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to`lovlarini 45 kun mobaynida to`lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o`z vaqtida bajarilishi ta`minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha taqiq qo`yilishi haqida ogohlantirish bergan.
Bugun FIFA 45 kunlik muddat yakuniga etganini inobatga olib, “Nasaf”ga transfer taqiqi qo`ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o`z safiga qo`shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo`ladi.






