Bugun Andijonda "Muradov Professional League 2" turniri bo`lib o`tdi.
Bu haqda xabar bergan olamsport.com ga ko`ra, kechaning markaziy jangida andijonlik sportchi Shohasan Mirzamatov braziliyalik raqibini uchinchi raundda mag`lubiyatga uchratgan.
Jangdan so`ng Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov Shohasanni tabriklagan holda sportchiga Andijon shahridan uch xonalik uy sovg`a qilinganini e`lon qilgan.






