Osiyo futbol konfederasiyasi 2023-yilgi mavsumda qit`a Chempionlar Ligasi va OFK kubogi uchun kvotalar taqsimotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, 2023-yilgi mavsumda O`zbekistonga 2+2 kvota ajratiladigan bo`ldi. Bu borada g`arbiy Osiyoda Saudiya Arabistoni va Eron bizdan yaxshiroq o`rinlarga ega bo`lishdi. Ushbu davlatlarga 3+1 kvota ajratiladi. Qatar ham xuddi O`zbekiston singari 2+2 kvotani qo`lga kiritadi. Birlashgan Arab Amirliklariga esa 1+2 kvota nasib etdi.
Shu tariqa, 2023-yilgi mavsumda kelgusi yil o`tkaziladigan O`zbekiston kubogi g`olibi hamda Superliga g`olib va sovrindorlari xalqaro miqyosda yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Shuni qayd etish joiz, ushbu kvotalar taqsimoti OFKning klublar o`rtasidagi musobaqalarda qo`lga kiritgan reytingiga asoslanadi.