AsosiyJamiyat
3065

Prezident Rossiyaning “Uralxim” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

'Prezident Rossiyaning “Uralxim” kompaniyasi rahbarini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 9 dekabr kuni “Uralxim” kompaniyasi direktorlar kengashi a`zosi, bosh direktori Dmitriy Mazepinni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Rossiyaning eng yirik mineral o`g`itlar ishlab chiqaruvchisi bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Tegishli resurs bazasini o`zlashtirgan holda azot, fosfor va murakkab o`g`itlar ishlab chiqarish bo`yicha istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Ilmiy-texnik ishlanmalar va malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni yo`lga qo`yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar