“Real” futbolchisi Eder Azar Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Vest Hem” klubi Azar xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar qishki transfer vaqtida kelishuvni amalga oshirmoqchi.
Londonliklar Eden Azar transferi uchun 25 million evro taklif qilmoqda. “Real” esa belgiyalik futbolchini sotish orqali o`z hisobini 50 mln evroga boyitib olmoqchi.






