AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda tarixiy yodgorlik hududi qabristonga aylantirilmoqda. Rasmiylar nima deydi?

'Qoraqalpog`istonda tarixiy yodgorlik hududi qabristonga aylantirilmoqda. Rasmiylar nima deydi?'ning rasmi

9 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Mizdakxon kompleksi" hududida joylashgan Halifa Rajab maqbarasi tarixiy yodgorligi hududida yangi qabrlar uchun erlar sotilayotganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning oktyabr oyida Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi tomonidan "Mizdakxon kompleksi" tarixiy obidalar hududida o`rganish ishlari olib borilgan.

O`rganishlar davomida kompleksdan qabriston sifatida foydalanib kelinayotganligi aniqlangan. 

 Xo`jayli tuman hokimligi tomonidan ushbu madaniy meros ob`ektiga yangi qabrlarni qurilishini oldini olish maqsadida Xo`jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasiga kompleks tarixiy obidalari hududida qabrlarning joylashtirilishini nazoratga olish vazifasi yuklangan.

 "Ammo hozirgi vaqtda Xo`jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ushbu madaniy meros ob`ekti atrofida yangi qabrlarning joylashtirilishini to`xtatilishi to`liq nazoratga olinmagan",-deya ta`kidlanadi xabarda.

 Ma`lumotga ko`ra,  2021 yilning 1 dekabr kuni Madaniy meros agentligi direktori Tursunali Kuziev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasida o`rganish ishlari olib borish jarayonida mazkur masala nazoratga olindi. 

  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 apreldagi 101-son qaror bilan tasdiqlangan "Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o`rnatish tartibi to`g`risida"gi nizomning 53-bandiga ko`ra, madaniy meros ob`ektlari (arxeologik obidalar) va ularning muhofaza zonalari hududi qabriston uchun er uchastkasi sifatida ajratilishi mumkin emasligi belgilab qo`yilganligi talablari buzilganligi inobatga olinib, Qoqaqalpog`iston Respublikasi prokuraturasiga mazkur holatni bartaraf qilish uchun qonuniy qonuniy choralar ko`rilishi so`ralib murojaat qilingan.  

Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasiga madaniy meros ob`ekti hududini muxofaza qilish va asrashga doir ko`rsatmalar berilgan.   

"Hozirgi vaqda Qoqaqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.

Agentlik madaniy meros ob`ektlari (arxeologiya obidalari) va ularning muhofaza zonalari hududi qabriston uchun er uchastkasi sifatida ajratilishi mumkin emasligi, aks holda ma`muriy yoki jinoiy javobgarlikk tortilishi to`g`risida ogohlantiradi",-deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar