AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ayrim avtobus yunalishlarida uzgarishlar bor...

'Toshkentdagi ayrim avtobus yunalishlarida uzgarishlar bor...'ning rasmi

2021 yil 10 dekayabrdan boshlab yo`nalishlar tarmog`ini maqbullashtirish, yo`lovchilarga ko`rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida:

"2-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan 96-sonli "Yunusobod mavzesi 9-daha AShB - Mashinasozlar metorsi AShB" avtobus yo`nalishining ish tartibi soat 5:30 dan 22:00 gacha, qatnovlar soni:

Ish kuni 136(-8) ta, shanba kuni 107(-1) ta, yakshanba kuni 96(0) ta etib belgilanganligini;

"4-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan  38-sonli "Sergeli 7-mavzesi AShB - O`zbekiston zavodi" avtobus yo`nalishining qaytishi yo`nalishidagi harakati Mehrigiyo (Sergeli 7-mavzesi AShBga kirmagan holda) Qo`rg`ontepa, Shokirariq, Oriyat ko`chalari orqali "Olchazor mahallasi"gacha, to`g`riyo`nalishdagi harakati  "Olchazor mahallasi" so`nggi bekatidan Oriyat, Qo`rg`ontepa 1-tor, Qo`rg`ontepa, Mehrigiyo ko`chalari orqali  (Sergeli 7-mavzesi AShBga kirmagan holda) keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda tashkil etilib, yo`nalish nomi 38-sonli "Olchazor mahallasi - O`zbekqishloqmash zavodi" avtobus yo`nalishi deb nomlanganligini;

"5-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan  148-sonli "Bahor MFY - Toshkent vokzali AShB" avtobus yo`nalishining harakati "Bahor MFY" bekatidan Ilg`or ko`chasi orqali "Mirishkor mahallasi"gacha uzaytirilib,  yo`nalish nomi148-sonli  "Mirishkor mahallasi - Toshkent vokzali AShB" avtobus yo`nalishi deb nomlanganligini va ish tartibi va jadvallar soni o`zgarishsiz qoldirilayotganligini;

"5-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan  190-sonli "Mashinasozlar metorsi AShB - Yangibozor AShB" avtobus yo`nalishining ish tartibi soat 5:45 dan 22:00 gacha, yo`nalishda jadvallar soni:

Ish kuni 10(0) ta, shanba kuni 9(-1) ta, yakshanba kuni 8(-2) ta etib belgilanganligini;

"7-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan 13-sonli "Izza mavzesi - Toshkent MUM" avtobus yo`nalishining harakati "Toshkent MUM" avtoshohbekatidan Islom Karimov, Sharof Rashidov, Afrosiyob, Beshyog`och ko`chalari orqali va keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilganligini;

"8-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan 5-sonli "Feruza mavzesi - Gulobod ko`chasi" avtobus yo`nalishining harakati Nurafshon, ko`chasidan (Sebzor va Axmad Donish ko`chalarining Nurafshon ko`chasi bilan kesishmasidagi yo`l qatnov qismida joriy etilgan yangi tizim bo`ylab) Axmal Donish ko`chasi orqali va keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etilganligini;

"8-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan 100-sonli "Qoraqamish 2/4-mavzesi AShB - Beshyog`och maydoni" avtobus yo`nalishining harakati Kichik halqa avtomobil yo`lidan Labzak, Nurafshon, (Sebzor va Axmad Donish ko`chalarining Nurafshon ko`chasi bilan kesishmasidagi yo`l qatnov qismida joriy etilgan yangi tizim bo`ylab) Sebzor ko`chalari orqali va keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etilib, yo`nalishda jadvallar soni:

Ish kuni 8(0) ta, shanba kuni 7(-1) ta, yakshanba kuni 6(-2) ta etib belgilanganligini;

"12-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan 48-sonli "Novator IChB - Al Xorazmiy mavzesi" avtobus yo`nalishining ish boshlash vaqti ish kunlari 5:05 etib belgilanganligini;

"12-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan 86-sonli "Sergeli 12-mavzesi - Chilonzor buyum bozori" avtobus yo`nalishining harakati Bunyodkor shoh ko`chasi va Gavhar ko`chalari kesishmasidagi yo`l o`tkazgich orqali qayrilib, Bunyodkor shoh ko`chasi orqali "Chilonzor buyum bozori"gacha bir tomonlama tashkil etilganligini;

"12-Avtobus saroyi" MChJ tomonidan tasarruf etilayotgan 184-sonli "Binokor qo`rg`oni - Qo`yliq dehqon bozori" avtobus yo`nalishining harakati vaqtinchalik (Qipchoq, Yakubov ko`chalarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari yakunlanguniga qadar) Qipchoq, Yangi Sergeli, ko`chalari orqali "Yarmarka" bekatiga qisqartirilganligini hamda yo`nalish nomi vaqtinchalik 184-sonli "Binokor qo`rg`oni - Yarmarka bekati" avtobus yo`nalishi deb nomlanganligini ma`lum qilamiz. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar