Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, Jalaquduq tumanida fuqaro Sh.T. o`ziga tegishli bo`lgan 264 ming dona pirotexnika vositalarini “Kobalt” rusumli avtotransport vositasida sotish maqsadida olib ketayotganida ashyoviy dalillar bilan to`xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.