Kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni keskin oshib, birgina Toshkent shahrida 100 nafardan ziyod kishida kasallik aniqlandi.
SSV xabariga ko`ra, 2021 yil 10 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 195524 (+278) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
7 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
13 nafari Andijon viloyatida,
13 nafari Buxoro viloyatida,
7 nafari Jizzax viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
16 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
6 nafari Surxondaryo viloyatida,
12 nafari Farg`ona viloyatida,
7 nafari Xorazm viloyatida,
81 nafari Toshkent viloyatida,
102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.