AsosiyJamiyat

"1-2 yildan keyin o`zlaringiz ham menga tayyor yaxshi kadr bo`lib kelasiz" - Prezident yangi tayinlangan hokim yordamchilariga

'"1-2 yildan keyin o`zlaringiz ham menga tayyor yaxshi kadr bo`lib kelasiz" - Prezident yangi tayinlangan hokim yordamchilariga'ning rasmi

Ayni damda Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida bo`lib turgan prezident Shavkat Mirziyoev tayinlanganiga bir hafta bo`lgan mahallalardagi hokim yordamchilari bilan ham uchrashib, ularning bir haftalik taasurotlari bilan qiziqdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

 Prezident ularga:

"Bir kun ertadan kechgacha mahallada yurib, ahvolni o`rganib, ularga yordam beringlarchi... Tasavvur qilinglar, bir yildan keyin ahvol qanday o`zgaradi? Ikki yildan keyin-chi? 1-2 yildan keyin o`zlaringiz ham menga tayyor yaxshi kadr bo`lib kelasiz. Mahallalarda 3-7 ming odamni oyoqqa turg`izgan odam men uchun yaxshi emas, buyuk odam! " - dedi.

Suhbat chog`ida prezident bir paytlar mahallalarda kaliy, kalsiy singari turli dori vositalari bepul tarqatilgani, bugunga kelib esa tizimda muammolar yuzaga kelgani haqida ham: "Pul bor! Bersang, "O`g`irlayman", - deydi. Tartib yo`q, tizim yo`q. Qani millatparvarlik? Nega yurakdan "Kolumbda bor alamim manim, O`zbekiston - Vatanim manim!" deya olmaymiz?" - dedi.

Tashrif davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar